Bobur Yo'ldoshev: “AGMK bu yil sovrinli o'rinlarni egallashga intiladi”

Narzulla Saydullayev
4 fev 2020, 20:35
Xabaringiz bor, Olmaliqning AGMK jamoasi 27 yanvardan e'tiboran BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Rejaga ko'ra, jamoa a'zolari 2 fevral kuni Turkmaniston terma jamosiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Unda bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ikkita tarkib, shuningdek turli taktik chizmalarni sinovdan o'tkazdi. Mazkur bahsdan so'ng AGMK himoyachisi Bobur Yo'ldoshev qisqa fikrlarini bildirdi.

“Amirliklarda yig'in maromida o'tmoqda. Hammasi ko'ngildagidek Mashg'ulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka va taktik tomonlarga e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek ko'proq to'p bilan ham ishlayapmiz. Shubhasiz bu yil sovrinli o'rinlarni egallashga intilamiz.

Bitta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Turkmanistonni 1:0 hisobida mag'lub etdik. Oldinda yana uchta nazorat bahsi bo'lib o'tishi kutilyapti. O'yindan-o'yinga shakllanib yaxshi sport formasiga kirib boramiz deb o'ylayman. Chempionat startida eng mukammal holatda bo'lamiz”,- deydi Bobur Yo'ldoshev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia