

Toshkentning "Lokomotiv" klubiga tegishli himoyachi kecha Turkiyaga uchib ketdi. Yo'ldoshev hozircha qaysi klub ko'rigida bo'lishi aniq emas. Ammo tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, himoyachi Turkiya birinchi divizioni vakili "Manisaspor" klubi safida mashg'ulot o'tkazadi. Agar Bobur o'zini ko'rsata olsa unga shartnoma taklif qilinishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Turkiya birinchi divizionining "Orduspor" klubiga hamyurtimiz Aleksandr Kleckov ko'chib o'tgandi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Turkiya birinchi divizionining "Orduspor" klubiga hamyurtimiz Aleksandr Kleckov ko'chib o'tgandi.



