"Bizni oldinda 11ta final kutmoqda". Zinedin Zidan chempionat restartidan avval fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Omonjon To`xtamirzayev
14 iyun 2020, 15:13
Bugun Ispaniya chempionati 28-turi doirasida "Real Madrid" o'z maydonida "Eybar"ni qabul qiladi.

"Bazan men fikrlarimni ispan tilida izohlashga, to'liq tushuntirib berishga qiynalaman. Men uchun har bir o'yin muhim, shu jumladan o'rtoqlik o'yinlari ham. "Real"ning futbolkasi – bu men bilgan barcha narsadir. Siz bu klub safida, uning libosida maydonga tushar ekansiz muxlislar faqat g'alaba kutishini yodda saqlashingiz zarur. Boshqa variant yo'q.

La Liga – uzoq davom etadigan musobaqa. U menga juda yoqadi. Agar jamoa La Ligada ishonchli o'yin ko'rsatsa, demak unga YCHLda ham omad kulib boqadi. Primera – bu eng qiyin turnirlardan biri hisoblanadi. Hozir biz ikki ochko ortda qolyapmiz va bizni oldinda 11ta final kutmoqda. Bor kuchimiz bilan chempionat oltin medallarini qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Ispan futboli u qadar oson emas, bu yerda kallani ishlatish zarur. Bizga kuchli jamoalar raqiblik qiladi va bu ajoyib. Faqat kuchli raqiblar bilan o'yinlarda sizning asl kuchingiz ko'rinadi", - dedi Zinedin Zidan.

Eslatib o'tamiz, Toshkent vaqti bilan 22:30 boshlanadigan uchrashuvni saytimizdagi matnli translyatsiya orqali tomosha qilishingiz mumkin. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia