Bishkekdagi xalqaro seminarda O'zbekistondan ham vakillar ishtirok etishdi

Xayrulla Xoliqov
26 noya 2017, 14:12
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida OFK tomonidan tashkil qilingan marketing va TV kommunikaciyalar mavzusida birinchi xalqaro mintaqaviy seminar bo'lib o'tdi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Bishkekdagi "Orion" mehmonxonasida tashkil etilgan xalqaro seminarda Tojikiston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmanistondan futbol vakillari ishtirok etishdi. Bizdan vakil sifatida O'FF marketing bo'limi xodimi Baxtiyor Mametov bilan "UzReport" TV sharhlovchisi Davron Fayziev mazkur seminarda ishtirok etishdi.

Seminar davomida OFK media-departamenti boshlig'i Emiliya Xinkkanen, marketing xodimi Elnur Mamedov, UEFA media-oficeri Yuliya Zenkovich, shuningdek "Dinamo" Minsk klubi matbuot kotibi Vasiliy Knyazyuk o'z maruzalari bilan chiqish qilishdi. Seminar davomida futboldagi marketing masalalar, muxlislar bilan ishlash, o'yinlarni TV orqali namoyish etish kabi mavzular qizg'in muhokama qilindi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fft.tj