Birinchi liganing yangi vakili Toshkent klubi Taraz o'rinbosaralari bilan o'ynadi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2014, 16:58
O'zbekiston birinchi ligasining yangi ishtirokchisi hisoblangan Toshkent (sobiq Bunyodkor-Geofizika) klubi Qozog'istonning Taraz klubi o'rinbosarlari bilan nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bu haqda Taraz klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi. O'yinda Toshkent 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

24 yanvar kuni Taraz o'rinbosarlari O'zbekiston birinchi liga klublaridan biriga qarshi, 26 yanvarda esa Bunyodkor o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia