Birinchi ligadan kelgan legionerlar uchun PFLga 50 million so'm to'lanadi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2015, 16:44
PFL yangi mavsum oldidan jamoalarga kelayotgan legionerlar uchun reglamentga yangi bandlarni kiritdi.
Navbatdagi mavsumda o'z safiga xorijlik futbolchilarni jalb etgan klublar ma'lum miqdorda moddiy tovon to'laydi.

Jumladan har qanday chempionatdan tashrif buyurgan va so'nggi mavsumni oliy ligada o'tkazgan futbolchilar uchun 10 million so'mdan PFL hisob raqamiga o'tkaziladi.

Agar futbolchi o'tgan mavsumni har qanday chempionatning birinchi ligasida olib borgan bo'lsa, PFL hisob raqamiga 50 million so'mdan o'tkazib beradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia