

Jamoamiz a'zolari bugun yangi mavsum oldidan taqdimot marosimida ishtirok etdi. Ma'lumot uchun "Paxtakor-79" (Angren) jamoasi bu mavsumda Eronda ishlab chiqarilgan "Jameh" brendidan foydalanadi. Jamoa bu yil Birinchi ligada ishtirok etadi, kubok bahslarida esa "H" guruhida "Shahrixonchi", "Xorazm", "Lokomotiv-BFK" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Quyida esa taqdimotdan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.














