SAFARDA FAQATGINA “ANDIJON” VA “QO'QON-1912”NING OMADI CHOPDI
Ushbu turda ham rejadagidek, jami 8ta o'yin bo'lib o'tdi. Unda safarda “Andijon” va “Qo'qon-1912” uch ochko bilan qaytishga erishdi. “Oq-tepa” esa Nukusda “Orol” bilan durang o'ynadi. Qolgan besh o'yinda mezbonlar muvaffaqiyat qozongan.
Spartak – Istiqlol 3:2.
Ushbu o'yinda favorit mezbonlar edi. Sababi “Spartak” tarkib va o'yin jihatdan ham raqibidan biroz ustun edi. Boz ustiga ular o'z maydonida to'p surar edi. Shunga qaramay, “Istiqlol” o'yinda hisobda oldinga chiqib olgandi. Ammo mezbonlarning iqtidorli hujumchisi Firdavs Asadov toshkentliklar darvozasi tomon uch bor yo'l topa oldi va g'alabani jamoasi tomon og'dirib yubordi.
Mashal – NBU-Osiyo 4:0.
Bu o'yinda mezbonlar favorit edi. Lekin “NBU-Osiyo”dan ham sensacion natija kutganlar bor edi. O'yinda to'liq ustunlikka erishgan “gazchilar” har bir bo'limda ikkitadan to'p kiritib, yirik hisobda g'alabasini tantana qildi. “Bankirlar” esa ketma-ket to'rtinchi turki, yana mag'lubiyatga uchradi.
Xorazm – Paxtakor-2 4:0.
“Xorazm” ikkinchi bosqichda o'yinini kuchaytirishga erishmoqda. Jamoa ortda qolgan turda yosh “sherlar”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Garchi birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsada, urganchliklar ikkinch i taymda raqib darvozasiga naqd to'rtta to'p kiritishga erishdi. “Paxtakor-2” futbolchilari bunga jaqob qaytara olishmadi.
Orol – Oq-tepa 1:1.
Birinchi ligada yetakchilarga haqiqiy bosh og'riq bo'layotgan “Oq-tepa” mazkur turda arang durangga erishdi. Boisi o'yinda birinchi bo'lib nukusliklar hisobni ochishga erishgandi, ammo ular g'alabani o'yin so'nggiga qadar ushlab qola olishmadi.
Sherdor - Andijon 1:2.
Bundan oldingi o'yinda “Alanga”ni bitta avtogol hisobiga mag'lubiyatga uchratgan “Andijon” “Sherdor”ga qarshi bahsda ham qiyin g'alabaga erishdi deyish mumkin. Ammo “burgutlar” qanday bo'lmasin asosiysi o'z hisobiga uch ochko yozib qo'yishga erishdi.
Alanga – Qo'qon-1912 0:1.
Kosonliklar ushbu turda ham bitta gol evaziga mag'lubiyatga uchradi. Dilshod Andaev shogirdlari qimmatli ochkolarni boy bergani natijasida turnir jadvalida quyi pog'onaga tushib ketdi. “Qo'qon-1912” esa o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo'ydi.
Zarafshon-NCZ – Kosonsoy 4:0.
O'z maydonida raqibiga osonlikcha ochko ulashmaydigan “Zarafshon-NCZ” 4-turda raqibini ayab o'tirmadi. Garchi tarkib jihatdan “Kosonsoy” biroz kuchli bo'lsada, bu jamoa Navoiyda kechgan uchrashuvda o'z darvozasidan javobsiz to'rtta gol olib chiqishga majbur bo'ldi.
Registon – Chust-Paxtakor 1:0.
“Registon” ham ikkinchi bosqichga kelib “uyg'ongandek” go'yo. Sababi Alladin Maxadinov jamoasi ushbu bosqichda kerakli ochkolarni qo'lga kiritmoqda. “Chust-Paxtakor” esa bundan buyon uy jamoasiga aylanib qoladi shekilli aftidan.
24TA GOL. 2TA DULB. 1TA XET-TRIK. 2TA PENALTI. 2TA AVTOGOL.
Ortda qolgan 4-tur o'yinlarida jami 24ta gol kuzatildi. Bu har bir bahsga 3tadan gol demakdir. Eng ko'p golni “Xorazm” , “Mashal”, “Zarafshon-NCZ” jamoalari kiritishdi, 4tadan!
Turning eng tezkor goli – 3-daqiqaga to'g'ri keldi. Bu gol “Sherdor” futbolchisi Nurbek Safarov hisobiga yozilgan. Ammo ishonchli manabaning fikriga tayanib aytadigan bo'lsak, “Andijon” darvozasiga kiritilgan ushbu golning muallifi Nurbek emas, Islom Safarov bo'lgan. PFL o'yin qaydnomasida esa Nurbek Safarov deb yozilgan.
Turning eng so'nggi goli esa, 90+1-daqiqaga to'g'ri keldi. E'tiborlisi bu vaqtda ikkita gol kuzatildi. “Paxtakor-2” futbolchisi Abbos Otaxonov “Xorazm” bilan o'yinda o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ygan bo'lsa, “Zarafshon-NCZ” hujumchisi Mansur Otaqulov ham qo'shimcha vaqtda raqib darvozasini nishonga ola bildi.
Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar atiga 8ta gol ko'rishdi. Ikkinchi taym esa nisbatan gollarga boy tarzda kechdi. Boisi bu bo'limda 16ta gol urildi!
4-turda dublga erishgan futbolchilar soni ikkitani tashkil etdi. Bular “Mashal” hujumchisi Jahongir Abdumo'minov va “Xorazm”ning iqtidorli futbolchisi Qadamboy Nurmetovdir.
“Spartak”ning 17 yoshli hujumchisi Firdavs Asadov esa to'purarlik mahoratini yaqqol namoyon etib kelmoqda. Bu hujumchi 4-turda “Istiqlol” darvozasiga kiritilgan uchchala golga ham o'zi mualliflik qildi. Aytish kerakki, bu Asadovning joriy mavsumdagi uchinchi xet-trikgidir!
Ushbu turda hakamlar ikkita o'yinda penalti belgiladi. Undan “Xorazm” sardori Mars Quranboev unumli foydalana olmagan bo'lsa, “Zarafshon-NCZ” hujmchisi Feruz Boboqulov bu borada nuqtadan adashmadi.
Avtogollar ham 2ta o'yinda kuzatildi. “Paxtakor-2” a'zosi Abbos Otaxonov va davralar oralig'ida “NBU-Osiyo” safiga kelib qo'shilgan himoyachi Farruh Nurliboev ushbu turda o'z darvozalarga to'p kiritib yuborgani haqida o'yin qaydnomasida ko'rsatilgan.
29TA SARIQ VA 4TA QIZIL KARTOCHKA
4-turning umumiy 8ta o'yinida 29ta sariq kartochka kuzatildi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 3,625tadan to'g'ri kelmoqda. Sariq kartochkalarning 15tasi mezbonlar, qolgan 14tasi esa mehmonlar hisobiga yozilgan.
Birinchi bo'limda hakamlar cho'ntagidan 12 marotaba sariq kartochka chiqarishga majbur bo'lishdi. Ikkinch bo'lima esa 17ta!
“Mashal” – “NBU-Osiyo” o'yinida kartochkalar kuzatilmagani e'tiborga molikdir! Shuningdek “Xorazm” futbolchilari ham mazkur turda sariq yoki qizil olmay, intizomli jamoa ekanligini namoyish etishdi.
“Alanga” – “Qo'qon-1912” bahsi turning eng qo'pol o'yini sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Boisi mazkur o'yinda bosh hakam futbolchilarga jami 7ta sariq kartochka ko'rsatishga qaror qildi!
Eng ko'p sariq kartochka loyiq ko'rilgan jamoa ham “Alanga” bo'ldi, 5ta!
Shuningdek 4-turda 4ta qizil kartochka qayd etildi. Ularning ikkichi “Orol” – “Oq-tepa” uchrashuvida kuzatildi. Bosh hakam Naim Qosimov dastlab toshkentliklarning yetakchisi Vadim Nichunaev va keyinchalik mezbonlar a'zosi Azamat Qurbonovni qizil kartochkaga loyiq ko'rdi.
“Kosonsoy” himoyachisi Maqsud Hayitov ham “Zarafshon-NCZ” bilan o'yinda ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni barvaqt tark etishga majbur bo'ldi. “Regsiton” futbolchisi Jasur Qoraev ham uchrashuvning 45-daqiqasida bosh hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.
4-TURNING 8TA O'YINIGA 6070 TOMOSHABIN!
Darhaqiqat yurtimizda milliy chempionat o'yinlarimizga muxlislar qiziqishi keskin suratda pasayib ketdi. Buni hech kim inkor eta olmasa kerak. Bu haqda juda ko'p va xo'p gapirilmoqda.
Birinchi liganing 4-turidan o'rin olgan jami 8ta o'yiniga xammasi bo'lib 6070 tomoshabin qadam ranjida qilgani o'yinlar qaydnomasida ko'rsatilmoqda! Bu albatta bugungi kunda birinchi ligaga tomoshabinlarning qiziqishi qay darajada ekanligini ko'rsatib turibdi. 6070 nafar muxlisni 8ta o'yinga teng taqsimlaydigan bo'lsak, har bir bahsga o'rtacha 758,75 tadan to'g'ri kelmoqda! Xulosa esa o'zingizdan.
Ushbu turda eng ko'p tomoshabin yana “Zarafshon-NCZ”ning uy bahsida kuzatildi. Bu borada eng past ko'rsatkich “Spartak”ka tegshli. Quyida tomoshabinlar tashrifi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Toshabinlar tashrifi kimda qanday?
Spartak – Istiqlol. Buxoro. 89 tomoshabin.
Mashal – NBU-Osiyo. Muborak. 403 tomoshabin.
Xorazm – Paxtakor-2. Urganch. 837 tomoshabin.
Orol – Oqtepa. Nukus. 654 tomoshabin.
Sherdor - Andijon. Samarqand. 152 tomoshabin.
Alanga – Qo'qon-1912. Koson. 321 tomoshabin.
Zarafshon-NCZ – Kosonsoy. Navoiy. 3502 tomoshabin.
Registon – Chust-Paxtakor. Samarqand. 112.
BUGUN UCHRASHADILAR
5-tur. 3 sentyabr (seshanba)
Istiqlol – Orol
NBU-Osiyo – Xorazm
Paxtakor-2 – Alanga
Oqtepa – Sherdor
Andijon – Registon
Qo'qon-1912 – Zarafshon-NCZ
Kosonsoy – Mashal
Chust-Paxtakor - Spartak
Islombek Rustambekov tayyorladi