Birinchi Kibersport Olimpiada o'yinlari Rio-de-Janeyroda bo'ladi

Aslanov Jasurbek
20 may 2016, 18:58
Birinchi Kibersport Olimpiada o'yinlari Rio-de-Janeyroda bo'ladigan Olimpiada o'yinlari doirasida o'tkaziladi.

O'yinlar "Ingliz uyi"da bo'lib o'tadi. Bu haqda Xalqaro kibersport qumitasi rasmiy sayti e'lon qildi.

Musobaqalar 15 va 16 avgust kunlari Laj parkida o'tkaziladi. Barcha xohlovchilar uchun jonlif efir ham uyushtiriladi. Birinchi Kibersport Olimpiada o'yinlarida Braziliya, AQSH, Kanada va Buyuk Britaniya davlatlari ishtirok etishini tasdiqladi.

Turnir Buyuk Britaniya madaniyat vazirligi hamkorligida o'tkaziladi. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tashkilotga yordam beradi.

6 aprel kuni Buyuk Britaniya ESL bilan hamkorlikda Kibersport Olimpiada o'yinlari programmasini taqdim etdi. G'oliblar Olimpiada chempionlari kabi pul bilan emas, balki medallar bilan taqdirlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru