

Mazkur bahsda maydon egalari safida Zafar Polvonov beshta gol urishga erishdi. So'nggi bor O'zbekiston chempionatida bunday holat 2006 yilgi mavsumda kuzatilgan ekan.
O'sha yil bir yo'la uch futbolchi penta-trik qayd etishgan: "Neftchi" hujumchisi Nosirbek Otaqo'ziev, "Dinamo" vakili Hamdam Rahmonov va "Navbahor" legioneri Orif Mirzoev 2006 yil penta-trik muallifi bo'lishgan ekan.
Shu tariqa, Polvonov 12 yildan keyin O'zbekiston chempionatida bir o'yinda beshta gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.



