Bilasizmi. Miladinovich 3 yillik tanaffusdan so'ng gol urdi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2014, 09:00
Oliy liganing 1-turida "Paxtakor" klubi Andijonda "Andijon" klubi ustidan zafar quchdi.
O'sha bahsdagi yagona golni "sherlar"ning serbiyalik himoyachisi Boyan Miladinovich kiritdi.

E'tiborlisi, jarohat tufayli ancha muddat o'ynay olmagan Boyan oliy ligadagi oxirgi golini bundan 3 yil oldin 2011 yilgi mavsumning ilk turida "Qizilqum" darvozasiga urgandi. Oradan 1106 kun (3 yil 10 kun) o'tgach Miladinovich yana O'zbekiston chempionatida to'p kiritdi.

Bu davr ichida himoyachi oliy ligada jami 25ta o'yinda maydonga tushgan.


Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia