Bilasizmi? "Buxoro" beshta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi

Xayrulla Xoliqov
30 iyul 2018, 13:49
Kecha Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur bahsda buxoroliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. Aytish joizki, ushbu g'alaba "Buxoro" jamoasining qatorasiga beshta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga yakun yasadi. Ma'lumki, Ulug'bek Baqoev shogirdlari 14-turdan beri g'alaba qozonmay kelishayotgandi. 

Bungacha oxirgi marta o'z uyida "Nasaf"ni mag'lub etgan "Buxoro" shundan so'ng ikkita durang qayd etib, uch marta imkoniyatni boy bergandi. Kechagi bahsda esa mehmonlarga Arslonmurod Amonov g'alaba keltirdi. Shunday qilib "Buxoro" qatorasiga beshta o'yindan so'ng yana uch ochkoni qo'lga kiritdi. Bu jamoa navbatdagi turni o'z maydonida "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia