Bilasizmi? Asror G'ofurov “Sokespor”da o'ynamoqda

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015
Turkiyadagi legionerimiz jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan ko'rinadi.

1995 yilda tavallud topgan Asror G'ofurov yodingizda bo'lsa Turkiya birinchi ligasi ishtirokchisi “Manisaspor” klubi bilan shartnoma imzolagandi. Ammo uning jamoasi keyinchalik 2-ligaga tushib ketgach, G'ofurov jamoasini o'zgartirishga qaror qildi.

Bunga sabab Turkiya 2-ligasida xorijlik futbolchining ishtirok etishiga ruhsat yo'qligidir. Shunga qaramay “Paxtakor” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi yurtimizga qaytib kelishga oshiqmadi. Aksincha o'sha yerda o'ziga boshqa jamoa topishga urindi. So'nggi lahzalarga kelib esa Asror 4-liga qatnashchisi “Sokespor”ga o'tdi. Sentyabr oyidan buyon ushbu klub sharafini himoya qilib kelayotgan 20 yoshli futbolchimiz bilan suhbatlashganimizda, 4-ligaga ham e'tibor u qadar past darajada emasligini ta'kidladi.

Asrorning yaqin oradagi rejalaridan biri tezroq eng kamida yana Turkiya 1-ligasida ishtirok etuvchi jamoalardan biriga o'tishdir.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish lozimki, G'ofurov o'ynayotgan 4-ligada 11-tur o'yinlari ortda qoldi. “Sokespor” esa 13ta jamoa orasida 9-o'rinni band etib turibdi. Musobaqa esa kelasi yilning may oyida yakuniga etadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia