Bilasizmi? 9 nafar futbolchi U23 Osiyo chempionatida ikkinchi bor ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2015, 15:30
12 yanvar kuni Qatar poytaxti Doxa shahrida U23 Osiyo chempionatiga start beriladi.

Unda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Samvel Babayan musobaqada qatnashadigan 23 nafar futbolchi nomini e'lon qildi. Unga ko'ra 9 nafar futbolchi ikkinchi bor ushbu musobaqada ishtirok etadigan bo'ldi.

Bundan ikki yil oldin, 2014 yilning yanvar oyida Ummon davlatida birinchi U23 Osiyo chempionati bo'lib o'tgandi. O'sha qita chempionatida o'ynagan quyidagi futbolchilar bu yil ham musobaqaga borishadi:

Abdumavlon Abdujalilov, Asilbek Omonov, Sardor Rahmonov, Vladimir Kozak, Javlon Mirabdullaev, Maksimilian Fomin, Jamshid Iskanderov, Muhsinjon Ubaydullaev, Igor Sergeev.

Jamshid Iskanderov va Igor Sergeev U23 Osiyo chempionatida gol ham urishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia