Beyl yakka mashg'ulotlarga kirishdi

Alisher
11 okt 2021, 07:28
"Real" forvardi Garet Beyl yakka tartibdagi mashg'ulotlarga kirishdi.

Futbolchi hali jamoa bilan shug'ullanmayapti, ammo yugurishni amalga oshirmoqda.

Uelslik futbolchi 11 sentyabrda jarohat olgan. O'yinchining 8dan 10 haftagacha safdan chiqishi xabar qilingan edi. Ammo, keyinchalik paydo bo'lgan xabarlarga ko'ra, Beyl noyabrda tiklanadi.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS