Beyl Realning Evroittifoqdan bo'lmagan to'rtinchi futbolchisiga aylanadi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2016, 15:38
Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqishi Realga muammo keltirib chiqaradi.

Ispaniya chempionati reglamentiga ko'ra klub o'z safida Evroittifoqdan bo'lmagan davlatdan uch nafar futbolchiga ega bo'lishi kerak. Ayni paytda Madridda Xames (Kolumbiya), Danilo va Kazemiro (ikkisi – Braziliya) ushbu limitda turishibdi.

Buyuk Britaniya Evroittifoqdan chiqqach Garet Beyl limitda 4-futbolchi bo'ladi. Bu esa muammo keltirib chiqaradi. Ma'lumot uchun, Marselo, Keylor Navas kabi legionerlar Ispaniya fuqaroligini qabul qilib bo'lishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.es