Beyl: "Real"dan ko'ra terma men uchun qulayroq"

Mirjalol Normatov
15 noya 2019, 19:29
"Real" hujumchisi Garet Beyl Uels termasida o'zini yaxshiroq his qilishini aytib o'tdi.

"Real"dan ko'ra Uels termasida o'ynash qulayroq. Men bu yerda xuddi o'z yaqin do'stlarim bilan dam olayotgandek bo'laman. Shuningdek, termada jamoadoshlarim bilan o'zimning ona tilimda gaplashaman. Biroq bu maydondagi vazifamni umuman o'zgartirmaydi.

Giggz va Zidan?  Ikkisi ham ajoyib taktikaga ega murabbiylar. Buyuk futbolchilardan buyuk murabbiylar yetishib chiqqani ajoyib hodisa bo'ldi", - dedi Beyl.

Beyl ushbu mavsumda 7 o'yinda 2 gol urdi va shuncha bora gollarga hammualliflik qildi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal