Beyl "Real" bilan mashg'ulot olib bormayapti, nega?

Alisher
10 sen 2020, 13:37
Uelslik futbolchi klubga muammolar bilan qaytdi.

Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl kechagi mashg'ulotni o'tkazib yubordi. Futbolchi Uels bilan Millatlar Ligasi doirasida o'yin o'tkazganidan so'ng "qirollik klubi"ga tizzasidagi noqulaylik bilan keldi.

O'yinchida jiddiy jarohat yo'q, ammo u hali faqatgina mashg'ulot zalida shug'ullanmoqda. Beyl tez orada "Real" rahbariyati bilan uchrashadi.

Tomonlar futbolchining kelajagini muhokama qilishadi. Madrid klubi Beylni qo'yib yubormoqchi va u ketganidan so'ng ham maoshini bir qismini to'lashga tayyor bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca