Beyl oldida bir nechta takliflar bor

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2022, 19:43
Uels terma jamoasi a'zosi Garet Beyl "Real"ni tark etishi aniq bo'lib ulgurgan.

"Kelajakda meni nima kutayotganiga e'tibor qaratganim yo'q. Bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. Men hech narsa haqida o'ylamasligim va tashvishlanishim kerak emas. Umuman olganda, takliflar ko'p", - dedi Beyl.

Eslatib o'tamiz, Uels bugun JCHga chiqish yo'lida Ukraina bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca