Beyl jarohati sabab ikki oy atrofida maydonga tusha olmaydi

Alisher
19 sen 2021, 09:47
"Real" vingeri Garet Beyl jarohati sabab ikki oy atrofida maydonda harakat qila olmaydi.

32 yoshli uelslik futbolchi o'ng oyog'idan jarohat oldi. Beyl mashg'ulotlarda jarohat olgan va bir haftadan beri lazaretda. U yana 7 haftani o'sha yerda o'tkazadi.

Garet 14ta o'yinni o'tkazib yuboradi: "Valensiya", "Malorka", "Vilyarreal", "Sherif", "Espanol", "Atletik", "Shaxtyor" (ikki bor), "Barselona", "Osasuna", "Elche" va "Rayo Valekano"ga qarshi.

Beyl 2021/22 yilgi mavsum La Liga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS