“Betis” - Kataloniya klublari kushandasi

17 dek 2018, 07:45
“Betis” 16 dekabr kuni La Liganing 16-turida safarda Kataloniyaning “Espanol” klubini 3:1 hisobida engdi.

“Betis” joriy mavsum Kataloniyaning barcha jamoalarini (“Jirona”-1:0, “Barselona”-4:3) safarda mag'lub etdi. Natijada klub La Liga tarixiga kirdi. “Betis” bir mavsumda Kataloniyaning uchala jamoasini ham safarda mag'lub etgan ikkinchi jamoa bo'ldi.

Bundan 53 yil avval 1965/66 yilgi mavsumda “Atletiko Madrid” Kataloniyaning barcha klubini safarda mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta