"Betis" De Xea bilan shartnoma imzolashi mumkin

Sherzod Nurmatov
19 sen 2023, 18:48
Darvozabon David De Xea faoliyatini Ispaniyada davom ettirish ehtimoli bor.

Bu haqda "Fichajes" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Betis" 32 yoshli ispaniyalikka da'vogar. Oldinroq darvozabonga BAA, Qatar va Meksika klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

De Xea "Manchester Yunayted"da 2011 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 2023 yilning yozida darvozabon shartnomasi tugagani sababli jamoani tark etgandi. O'tgan mavsumda De Xea 58 ta o'yinda maydonga tushib, 61 ta gol o'tkazib yubordi va 25 ta o'yinda darvozani "quruq" saqladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes