"Betis" bosh murabbiyi: "Real"ni bemalol yutsak bo'lardi"

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 11:17
"Betis" bosh murabbiyi Kike Seten "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Real"ga qarshi o'yinda "Betis" yaxshi o'ynadi, raqiblar emas. To'pni ushlab turdik. Vaziyatlar yaratdik, zarbalar berdik. Ammo g'alaba qozona olmadik.

"Real"ni bemalol, qiyinchiliksiz yutishimizni taxmin qilgandim. Hozirgi holatda ulardan ko'ra biz kuchliroqmiz. Biroq raqiblarda ijrochilarning ko'pligi g'alabaga tamal toshi bo'ldi", - dedi Seten.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca