“Beshiktosh” Kariusni muddatidan avval “Liverpul”ga qaytaradi

30 okt 2018, 09:50
Karius qaytariladi.

Qayd etilishicha, “Beshiktosh” Lorius Kariusning o'yinlaridan norozi va uni “Liverpul”ga muddatidan avval qaytarmoqchi. Klub bu haqda ingliz klubi rahbariyati murojaat qilgan. Shu bilan birga “Beshiktosh” inglizlardan Divok Origini ijaraga olishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, Karius turk klubi safida 9 ta o'yinda qatnashib, 14 ta gol o'tkazdi va faqatgina bitta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.


O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD