Benzemaning mashg'ulotlarga qaytish sanasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022, 12:18
Fransiyalik futbolchi JCH-2022 arafasida jarohat olgandi.

Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema 9 dekabr kuni mashg'ulotlarni davom ettiradi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, 34 yoshli hujumchi tez orada "Real" ixtiyoriga yetib boradi va individual mashg'ulotlarni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Benzema JCH-2022 boshlanishi arafasida terma jamoaning mashg'uloti vaqtida jarohat olgan va shundan so'ng Fransiya terma jamoasi safini tark etgandi.

Benzema joriy mavsum "Real" safida La Ligada 7 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe