Benzemaning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida
Aslanov Jasurbek
25 apr 2016, 12:25
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Karim Benzema "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final bahsida maydonga tushishi yoki tushmasligini aniq bilmaydi.
Fransiyalik futbolchi "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda (3:2) jarohat oldi. Benzema 25 va 26 aprel kunlari tibbiy ko'rikdan o'tadi va xulosalarga asoslanib uning "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushishi aniqlanadi.