Benzema "Real"ning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 16:54
Hujumchi Karim Benzema Ispaniya La Ligasining 13-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinida "Real"ga yordam bermaydi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o'tdi.

"Benzema butunlay tuzalmaguncha o'ynamaydi. Biz hamma narsa yaxshi deb o'ylagandik, ammo unday emasligi ma'lum bo'ldi. Shu bois u bo'lajak o'yinda aniq tarkibda bo'lmaydi", – dedi italiyalik mutaxassis.

"Rayo Valekano" – "Real" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi. G'alaba qozonilgan taqdirda Anchelotti shogirdlari La Ligada yana birinchi o'ringa qaytishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca