Benzema “Real”da tarix yozishda davom etmoqda

8 noya 2018, 09:00
Futbolchi “Viktoriya”ga qarshi bahsda dublga erishdi.

Shu tariqa 30 yoshli hujumchi “Real” safida barcha musobaqalar bo'yicha 200 hamda 201-gollarini kiritdi.

Bu orqali u “Qirollik klubi” tarixidagi 7-raqamli eng yaxshi to'purarga aylandi.

“Real” to'purarlari ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

  1. Krishtianu Ronaldu - 450 ta gol
  2. Raul Gonsales - 323 ta gol
  3. Alfredo Di Stefano - 308 ta gol
  4. Santilyana - 290 ta gol
  5. Ferenc Pushkash - 242 ta gol
  6. Ugo Sanches - 208 ta gol
  7. Karim Benzema - 201 ta gol

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta