

"Real" hujumchisi story'da Islom Maxachevni belgilagan holda uning g'alabasidan xursandligini qayd etib o'tdi.

Avvalroq Maxachev Benzemani "Oltin to'p" qo'lga kiritgani munosabati bilan tabriklab, "siz bunga loyiqsiz", deya yozib qoldirgandi.
Eslatib o'tamiz, Maxachev Abu-Dabi mezbonligi ostidagi UFC 280 musobaqasida engil vazn chempionlik kamari uchun braziliyalik Charlz Oliveyra bilan to'qnash kelgan va bo'g'ish uslubini qo'llab, ikkinchi raunddayoq masalani ijobiy hal qilgan edi.



