Benzema Fransiya uchun 35-golini urdi va to'purarlar ro'yxatida 5-o'ringa chiqib oldi

Aziz Tukhtamuradov
14 noya 2021, 08:34
Fransiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Qozog'istonni 8:0 hisobida mag'lub etdi.

Mezbonlar safida Karim Benzema dubl qayd etdi. 

Bu orqali 33 yoshli hujumchi terma jamoadagi gollari sonini 35taga etkazib oldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u David Trezegeni (34) ortda qoldirdi va beshinchi o'ringa chiqib oldi. 

Ko'p gol urish bo'yicha Mishel Platini va Antuan Grizmann (41 tadan) Olive Jiru (46) va Terri Anri (51) Fransiya yetakchisi hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta