Benzema Yevropaning mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
22 may 2021
"Real" hujumchisi Karim Benzema Yevropada mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Fransiyalik futbolchi 1976 yilda beri Onze Mondial jurnali tomonidan taqdim etiladigan sovringa loyiq ko'rildi.

33 yoshli Benzema bu borada 47,3 foiz ovoz to'plab Lionel Messi ("Barselona", 20,1) va Robert Levandovski ("Bavariya", 11,3)dan o'tib ketdi.

Benzema joriy mavsum La Liga doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum ushbu mukofotga "Liverpul" o'yinchisi Sadio Mane loyiq ko'rilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/InfiniteMadrid