Bentu: “Ronaldu Portugaliyada o'ynashi, bu g'alaba degani emas”

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2014
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu jamoasida dunyodagi eng kuchli futbolchi borligini ta'kidladi.
U Krishtianu Ronalduni nazarda tutmoqda, ammo portugaliyaliklar jahon chempionligini qo'lga kiritishi aniq emas deb hisoblaydi.

“Jamoada bunday futbolchi borligi juda muhim. U terma jamoa o'yiniga katta ta’sir ko'rsatadi. Ammo tarixda ham buyuk futbolchilarimiz ko'p bo'lgan va jamoa mundial g'olibi bo'lmagan. Biz shunchaki yaxshi o'ynashga harakat qilishimiz kerak. Avvalo jamoamiz guruhda yaxshi o'ynashi kerak, keyingi raqiblar bilan esa iloji boricha yaxshiroq o'ynashga intilamiz. Agar dunyoning eng yaxshi futbolchisi bizning jamoada o'ynasa, jamomiz jahon chempioni bo'lishi aniqligini bildirmaydi” – deydi Bentu.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com