Benitesning "Reali"da mushak jarohatlari o'tgan mavsumga qaraganda ko'p uchramoqda

Aslanov Jasurbek
27 noya 2015, 16:10
"Real"ning jarohat ko'rsatkichlari bosh murabbiyi Rafael Benites va klub rahbariyatini mamnun qilmasligi aniq.

Mavsum boshidan beri futbolchilar 15 marotaba mushak jarohatidan aziyat chekishdi. O'tgan mavsumda Karlo Anchelotti "Qirollik klubi"dan xaydalishiga sabablardan biri sifatida, futbolchilarning juda ko'p jarohat olayotgani ko'rsatilgan edi, ammo o'sha mavsumda 13-turda jamoada 8ta mushak jarohati qayd etilgan, hozir esa ikka baravar ko'p.

Oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres "Barselona"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng Benitesga ishonch bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com