Benites "Liverpul"ning ikkita kambekini solishtirdi

Eldor Akmurzayev
11 may 2019, 01:30
Nyukasl bosh murabbiyi Rafael Benites YCHLning joriy mavsum yarim final javob bahsida Liverpul tomonidan Barselona ustidan qayd etilgan kambekni 2004/05 yilgi Istanbuldagi Milanga qarshi hal qiluvchi uchrashuvdagi irodali g'alaba bilan solishtirdi.

“Men qayd etgan kambek yaxshiroq chiqqan edi. Bu shundoq ham ko'rinib turibdi. So'rovnoma (Sky Sports tomonidan o'tkazilgan) natijalariga ko'ra ham shunday. Men qayd etgan natijaning oldida Barselona bilan o'yinni yaxshi deb atashga imkon yo'q.  Milandek jamoaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edik va zaxiramizda 45 daqiqa bor edi. Muxlislarimiz tanaffus paytida bizga atab qo'shiq kuyladi. Milanliklar esa juda xursand edi. Keyin esa biz chiqib, 6 daqiqa ichida uchta gol urdik va Dudek seyv namoyish etdi. So'ngra qo'shimcha bo'limlar hamda penaltilar seriyasi. Agar Liverpul bosh sovringa ega chiqsa bu fantastik ko'rsatkich bo'ladi. Biroq, men buni muhokama qilish niyatida emasman. Ular Barselonaga qarshi bahsni yaxshi o'tkazishdi. Baribir Istanbuldagisi boshqacha bo'lgan", - deya qayd etgan murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph