Benites: "Haddan tashqari ko'p gapirib yuboradigan murabbiylar bor"

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 13:06
Rafael Benites va Joze Mourinyo bir-birlariga matbuot orqali turli gaplar qilishda davom etishyapti.
"Chelsi"ga yaqindagina qaytgan Mourinyo Yevropa Ligasidagi g'oliblikni klub uchun g'alaba deb hisoblamasligini, agar uning qo'l ostidaligida jamoa o'sha musobaqa g'olibiga aylansa bundan xursand bo'lmasligini aytgandi.

Ispaniyalik mutaxassisning javobi ham uzoq kuttirib qo'ymadi.

"Shunday murabbiylar borki, ular hammaning diqqat markazida bo'lish uchun haddan tashqari ko'p gapirib yuborishadi", - dedi "Napoli" bosh murabbiyi Benites.

Bilasiz, aynan Rafa Benites bosh murabbiyligi paytida "Chelsi" Yevropa Ligasi g'olibi bo'lgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com