Benites "Everton" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi

Alisher
30 iyun 2021, 13:22
"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benites bo'ladi.

Mutaxassis klub bilan uch yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Rasmiy ma'lumot tez orada berilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Everton" Karlo Anchelotti qo'l ostida 2020/21 yilgi mavsum APLda 10-o'rinni egalladi, italiyalik murabbiy 1 iyunda "Real" ustoziga aylandi.

Benitesning so'nggi ish joyi Xitoyning "Dalyan Ifan" (2019-2021) klubi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph