"Benfika" "Portu"ni engib, 9 karra Portugaliya Superkubogi sohibi bo'ldi!

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023, 10:20
"Benfika" hamda "Portu" o'rtasidagi Portugaliya Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bahsda "Benfika" ishonchli g'alabaga erishdi. Birinchi to'pga Di Mariya mualliflik qilgan bo'lsa, ikkinchi golni Musa urdi. Pepe va Konseysau maydondan chetlatilishdi. 

Benfika – Portu 2:0

Aveyru

Gollar: 1:0 – 61 Di Mariya, 2:0 – 68 Musa.

Benfika – Vlaxodimos, Ba, Otamendi, Antoniu Silva, Ristich (Yurasek, 46), Di Mariya (Skellerup, 90), Joau Mariu (Musa, 46), Eursnes, Kekchyu (Florentinu, 70), Joau Nevesh (Shikinyu, 75), Rafa Silva.

Portu – Diogu Koshta, Pepe, Markano, Sanusi (Gonsalu Borjesh, 81), Otavio, Gruyich (Joau Mariu, 69), Eushtakiu (Romariu Baro, 65), Pepe, Taremi (Fran Navarro, 81), Namaso (Toni Martines, 65), Galeno.

Ogohlantirishlar: Ristich (15), Joau Mariu (16), Kekchyu (27), Namaso (29), Pepe (33), Ba (43), Pepe (45), Joau Nevesh (49), Eushtakiu (51), Sanusi (55), Shikinyu (84), Vlaxodimos (87).

Chetlatish: Pepe (90), Konseysau (90).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia