"Benfika" Jedsonni "Tottenxem"dan qaytarib oldi va "Galatasaroy"ga ijaraga berib yubordi

Alisher
2 fev 2021, 10:38
"Benfika" yarim himoyachisi Jedson Fernandesh "Galatasaroy"ga o'tdi.

Klublar o'yinchining ijarasi borasida kelishuvga erishishdi.

Portugaliyalik futbolchi so'nggi bir yilni "Tottenxem"da o'tkazdi. Uning ijara shartnomasi 1,5 yilga mo'ljallangan edi, ammo u muddatidan oldin bekor qilindi.

Jedson joriy mavsum Angliya chempionatida umuman maydonga tushmadi.

U faqatgina kubok doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: galatasaray.org