"Benfika" 1961 yildan beri ilk bor "Barselona"ni mag'lub etdi

Alisher
30 sen 2021
Kecha "Benfika" Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Barselona" (3:0)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.

Portugaliya klubi kataloniyaliklarni 1961 yildan beri ilk bor mag'lub etdi. 60 yil oldin "Benfika" "Barselona" (3:2)ni Yevropa chempionlari Kubogi finalida mag'lub etgan edi. Shunday ekan, bu Portugaliya klubining Kataloniya jamoasi ustidan qozongan endigina ikkinchi g'alabasidir.

Kataloniyaliklar ikki turdan so'ng 0 ochko jamg'argan holda, guruh jadvalida so'nggi o'rinda borishmoqda. "Barselona" keyingi turda Kievning "Dinamo" klubi bilan o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia