Bendtner 2011 yildan beri birinchi bor "Arsenal" safida maydonga tushdi

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 13:00
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Niklas Bendtner ikki yillik tanaffusdan so'ng "kanonirlar" safida maydonga tushdi va "Vest Bromvich"ga qarshi kubok doirasidagi o'yinda 120 daqiqa harakat qildi.
Oxirgi marta Bendtner klubi safida 2011 yil 20 avgust oyida "Liverpul"ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi, so'ngra uni "Sanderlend" va "Yuventus"ga ijraga berishdi.

Bendtner oxirgi marta "Arsenal" safida 2011 yil 5 mart kuni to'liq o'ynagandi. Kecha 25 yoshli daniyalik futbolchi golli pas oshirdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com