Ben-Yedder Messidan so'ng 20 ta gol urgan La Liganing mavsumdagi ikkinchi o'yinchisi bo'ldi

15 fev 2019, 08:30
“Sevilya” kecha Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasida “Lacio”ni 1:0 hisobida taslim qildi.

Yagona golni 22-daqiqada andalusiyaliklar hujumchisi Vissam Ben-Yedder kiritdi. Bu 28 yoshli hujumchi uchun joriy mavsum barcha musobaqalardagi 20-gol bo'ldi. U buncha golni urish uchun 36 ta o'yinda qatnashdi. Vissam Leo Messidan (29 ta gol) so'ng 20 lik dovondan o'tgan La Liganing ikkinchi raqamli o'yinchisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta