Ben Foster "Manchester Siti"ning hujumlaridan shokda. U o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqdi

Alisher
23 sen 2019, 14:53
"Uotford" darvozaboni Ben Foster Angliya chempionati 6-tur doirasidagi "Manchester Siti" (0:8)ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi taymda er yorilmadi, kirib kyetmadim. Birinchi taymda 5ta gol o'tkazib yubordim, bu darvozabon uchun qattiq zarbadir. Menga ular huddi kriket o'ynashayotgandek tuyuldi. Hozirgi "Manchester Siti" men qachondir ko'rgan jamoalarim ichida eng zo'ri.

Tez orada ular 9ta yoki 10ta gol urgan holda APL rekordini o'rnatadigan vaqt yetib keladi. Ular ajoyib futbol namoyish etishadi, bu mening xotiramda abadiy qoladi", - deydi Foster.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" "Uotford"ga qarshi o'yinda raqib darvozasiga javobsiz 8ta gol urdi.

"Shaharliklar" APLdagi 6ta turdan so'ng 13 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida 2-o'rinda borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph