Belsa 0:7 haqida: “Hayratlanarli hech narsa bo'lmadi”

Eldor Akmurzayev
15 dek 2021
“Lids” ustozi Marselo Belsa APL 17-turi doirasida “Manchester Siti”ga uchralgan yirik (0:7) mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

“Jamoalar o'rtasidagi farq bunchalik katta bo'ladi deb o'ylamagandim. Biroq, “Man Siti” meni hayron qoldirmadi. Bizda hech narsa o'xshamadi, yomon himoyalandik, bu o'yindan hech narsa ololmaymiz. Ham yakka ham jamoaviy tarzda o'yinda nimagadir erisholmaslik, bu muammo hisoblanadi.

Maydonga chiqayotganimizda, raqibning o'ynashiga yo'l qo'ymaslik kerakligini bilardik. Kutilmagan yoki hayratlanarli narsa yuz bermadi. Bu erga aniq reja bilan kelgandik, ammo uni amalga oshira olmadik”, deydi “Lids” ustozi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport