Bellingem "Real" safida 13ta o'yin o'tkazib, 13ta gol urdi

Aslanov Jasurbek
28 okt 2023, 21:24
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem yana gol urdi.

"Qirollik klubi" yarim himoyachisi "Barselona"ga qarshi LaLiganing 11-tur uchrashuvi 68 va 92-daqiqalarida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

20 yoshli futbolchi "Real" safida 13ta o'yin o'tkazdi va ularda 13ta gol urishga va 3ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi. Bellingem "Qirollik klubi"ga shu yilning yozida Dortmundning "Borussiya"sidan 103+31 mln. evro evaziga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia