Bellingem derbiga qadar safga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
19 sen 2025, 00:50
Jud Bellingem Madrid derbisiga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

"Real" yarim himoyachisi ushbu mavsumda hali maydonga tushgancha yo'q. Iyul oyining o'rtalarida angliyalik futbolchi 2023 yildan buyon og'riq his qilib kelayotgan elkasidan operaciya qilingandi.

Oldinroq u YCHLning umumiy guruh bosqichi 1-turida "Marsel"ga qarshi o'yinning qaydnomasiga kiritilgan, biroq zaxirada qoldirilgandi.

Qayd etilishicha, u 27 sentyabr kunidagi "Atletiko"ga qarshi o'yingacha to'liqligicha sog'ayadi va asosiy tarkibda o'ynashi kutilmoqda.

Bu uchrashuv futbolchining jarrohlik amaliyotidan 74 kun o'tib bo'ladigan ilk uchrashuvi bo'ladi. Oldinroq uning tiklanishi uchun 90 kun vaqt ketishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As