Belarus Evro-2024 saralashidagi uy o'yinlarini boshqa mamlakatda o'tkazadi

Оқил Абдубарноев
4 may 2023
Isroil va Kosovoga qarshi uy uchrashuvlari Vengriyada bo'lib o'tadi.

Belarus terma jamoasining 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi ikki o'yini Budapeshtda o'tkaziladi.

Vengriya poytaxti Isroil (16 iyun) va Kosovo (19 iyun)ga qarshi o'yinlarga mezbonlik qiladi. Har ikki uchrashuv “Ferenc Susa” stadionida bo'lib o'tadi.

Hozirda UEFA qaroriga ko'ra, terma jamoa neytral hududda raqiblarni qabul qiladi, muxlislar ham tribunalarga kiritilmaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: abff.by