Belarus chempionati. 3-tur ramziy jamoasi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
7 apr 2020, 20:15
Belarus futbol federatsiyasi 3-tur bahslaridan keyin hafta termasini tuzib chiqdi.

E'tiborlisi, tarkibdan “Energetik-BGU” hujumchisi Jasurbek Yaxshiboev ham o'rin oldi. O'zbekistonlik futbolchi “Minsk” jamoasiga (2:0) qarshi o'tgan bahsda faol harakat qilib, o'z hisobiga gol yozdirdi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Shuningdek, uning klubdoshi Artyom Sokol ham ramziy termaga kiritilgan.

Darvozabon – Mixail Baranovskiy

Himoyachilar – Artyom Sokol, Evgeniy Klopockiy, Aleksandar Filipovich, Karlo Bruchich

Yarim himoyachilar – Egor Semenov, Stanislav Dragun, Vladislav Klimovich

Hujumchilar – Nikita Melnikov, Jasurbek Yaxshiboev, Aleksandr Makas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: abff.by