Bekxem klubiga “Real” futbolchisi kerak

14 noya 2019, 08:44
Luka Modrich okeanortiga yo'l olishi mumkin.

Devid Bekxemga tegishli “Inter Mayami” klubi “Real” vakili Luka Modrichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Amerikaliklar Modrich bilan 2020 yil yozida shartnoma tuzishga umid bildirmoqda.

Modrich 2012 yildan beri “Real” safida. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yil yoziga qadar tuzilgan.

34 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doiraisda 7 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito