Bekkenbauer: "Bavariya" yangi mavsumda Germaniya chempioni bo'lishi qiyin kechadi"

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2015, 18:43
"Bavariya" faxriy prezidenti Franc Bekkenbauerning fikricha, jamoa kelasi mavsumda mamlakat chempioni bo'lishi qiyin kechadi.

"Bavariya" Bundesligada qiynaladi. Boshqa jamoalar kuchayishdi yoki endi bu ishni bajaradi. Vaqt o'tishi bilan "Volfsburg" tarkibi kuchayib bormoqda. Dortmundning "Borussiya"si ham yangi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurasha oladi. Myonxengladbaxning "Borussiyasi" va "Bayer"ni ham yoddan chiqarmaslik kerak. "Shalke" ham o'sishda davom etyapti. "Bavariya"ga etarlicha qarshilik qila oladigan jamoalar bor. Agar jarohatlar qiynamasa, "Bavariya" yaxshi mavsum o'tkazadi" - deydi Bekkenbauer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com