Bazi xodimlar Grinvud sabab MYUdan ketmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2023
"Manchester Yunayted" xodimlarining bir qismi klubning futbolchilar Meyson Grinvud va Antoni bilan bog'liq ishlarga munosabati tufayli ishdan ketmoqchi.

MYU avvalroq ichki surishtiruv ishlarini o'tkazdi va Grinvudning aybi yo'qligi ma'lum bo'ldi. Antoni ham bir qiz bilan bog'liq vaziyat tufayli mashg'ulotlardan chetlatilgan, biroq keyinroq klub vaziyatga munosabatini o'zgartirgandi.

"Manchester Yunayted"ning bazi ishchilari bu vaziyatdan hayratda va ishdan kyetish haqida o'ylamoqda. Ma'lum qilinishicha, ish tashlamoqchi bo'lganlar soni u qadar katta emas. Ishchilarning fikriga ko'ra, klub Grinvudni chetlashtirmoqchi ham bo'lmagan, ammo jamoatchilik bosimi natijasida shunday yo'l tutishga majbur bo'lgan. Antoni voqeasida ham klub avvaldan barchasini bilgan va futbolchisi aybini yashirgan, degan versiya ham mavjud. Biroq klub rahbarlari bunday ma'lumotlarni to'liq inkor etishdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: theathletic.com